Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farmatsevtika agentligining yangi direktori tayinlandi

Farmatsevtika agentligining yangi direktori tayinlandi

Ulug‘bek Egamov Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U mazkur tayinlovga qadar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Farmatsevtika agentligining oldingi rahbari Sardor Kariyev 2022-yilning 30-dekabr kuni Prezident tomonidan ishdan olingandi. Bunga «Dok-1 Maks» preparati voqeasi va farmatsevtika sohasidagi boshqa kamchiliklar sabab bo‘lgandi.

Keyinchalik Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlariga ko‘ra aniqlangan juda ko‘p miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar hamda budjet mablag‘larining sarf qilinishida belgilangan talablarning qo‘pol ravishda buzilganlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. To‘plangan dalillar asosida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda uning huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK direktori K.S. hamda sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan uning bir nechta jinoiy sheriklari ish bo‘yicha gumon qilinib ushlanib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring