Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Toshkentdagi bir nechta ko‘cha yopiladi

Ertaga Toshkentdagi bir nechta ko‘cha yopiladi

Xarita: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati «Ipak yo‘li durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi munosabati bilan 14-sentyabr kuni poytaxtdagi bir nechta ko‘cha yopilishini ma’lum qildi.

Yopiladigan ko‘chalar:

  • Chilonzor ko‘chasi — Novza va Katta Chilonzor ko‘chalari oralig‘ida soat 10:00 dan 17:00 gacha qisman yopiladi;
  • Alisher Navoiy shohko‘chasi — Labzak va Abay ko‘chalari oralig‘ida soat 17:00 dan 20:00 gacha qisman yopiladi;
  • Paxtakor  ko‘chasi — Navoiy shohko‘chasi va «Paxtakor» stadioni oralig‘ida soat 14:00 dan 23:00 gacha to‘liq yopiladi.
Xarita: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring