Ertaga Toshkentdagi bir nechta ko‘cha yopiladi
![Ertaga Toshkentdagi bir nechta ko‘cha yopiladi](https://static.xabaruz.com/crop/1/6/720_460_95_1670961701.jpg)
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati «Ipak yo‘li durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi munosabati bilan 14-sentyabr kuni poytaxtdagi bir nechta ko‘cha yopilishini ma’lum qildi.
Yopiladigan ko‘chalar:
- Chilonzor ko‘chasi — Novza va Katta Chilonzor ko‘chalari oralig‘ida soat 10:00 dan 17:00 gacha qisman yopiladi;
- Alisher Navoiy shohko‘chasi — Labzak va Abay ko‘chalari oralig‘ida soat 17:00 dan 20:00 gacha qisman yopiladi;
- Paxtakor ko‘chasi — Navoiy shohko‘chasi va «Paxtakor» stadioni oralig‘ida soat 14:00 dan 23:00 gacha to‘liq yopiladi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/54/720__JanZWs9M6MzY0SxZ7G7g85Nqr0Kef9pK.jpg)
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter