Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«ALSKOM» kompaniyasi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi

«ALSKOM» kompaniyasi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi

Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: [email protected], veb-sayt: www.alskom.uz) «ALSKOM» Sug‘urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati 2022-yil 30-iyun soat 10:00da kompaniya ma’muriy binosida aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09:00 da boshlanadi.

Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyador va uning vakili shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), shuningdek o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi lozim.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022-yil 08-iyun.

Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022-yil 24-iyun.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:

  1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini va sanoq komissiyasini tasdiqlash.
  2. 2021-yil faoliyat yakunlari bo‘yicha Kompaniya Kuzatuv kengashi Raisining hisobotini eshitish.
  3. Kompaniyaning 2021-yil moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari va 2022-yilga Kompaniya Bisnes-rejasi parametrlari to‘g‘risida Bosh direktor hisobotini eshitish.
  4. Kompaniyaning 2021-yil moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi natijalari to‘g‘risida Taftish komissiyasi hisobotini eshitish.
  5. Kompaniyaning 2021-yil yakuni bo‘yicha buxgalteriya hisobotining milliy standartlarga asosan tuzilgan moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish natijalari haqida mustaqil auditor xulosasini ko‘rib chiqish.
  6. Kompaniyaning 2021-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga asosan tuzilgan moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish natijalari haqida mustaqil auditor hisobot-xulosasini ko‘rib chiqish.
  7. Kompaniyaning 2021-yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotni tasdiqlash.
  8. 2021-yil faoliyat yakuni bo‘yicha Kompaniyadagi korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
  9. 2021-yil uchun Kompaniya sof foydasini taqsimlash.
  10. Kompaniyaning firma nomiga o‘zgartirish kiritish.
  11. Kompaniya Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni va yangi tahrirda Kompaniya Ustavini tasdiqlash.
  12. Kompaniyaning ichki normativ hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ularni yangi tahrirda tasdiqlash.
  13. Kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash.
  14. Taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash.
  15. Kompaniyaning 2022-yil moliya-xo‘jalik faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.
  16. Kompaniyaning 2022-2027-yillardagi rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.
  17. Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan tuzilishi kutilayotgan bitimlarni ma’qullash masalasini ko‘rib chiqish.
  18. Kompaniyaning joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yirik bitimlarni tuzish masalasini ijroorgani tomonidan mustaqil ravishda bajarishi maqsadida aniqlash hamda ma’qullash.
  19. Kompaniya tomonidan kredit uyushmaliriga joylashtirilgan umidsiz pul mablag‘larini Kompaniya balansidan chiqarish.
  20. Xayriya (homiylik) yoki beg‘araz yordamning chegaraviy miqdorlarini belgilash.

Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan hisobotlar va ma’lumotlar bilan Kompaniyaning Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzilida joylashgan ma’muriy binosi hamda www.alskom.uz korporativ veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (378) 147-11-00.

«ALSKOM» SK AJ Kuzatuv Kengashi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring