«ALSKOM» kompaniyasi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi
Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: [email protected], veb-sayt: www.alskom.uz) «ALSKOM» Sug‘urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati 2022-yil 30-iyun soat 10:00da kompaniya ma’muriy binosida aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09:00 da boshlanadi.
Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyador va uning vakili shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), shuningdek o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi lozim.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022-yil 08-iyun.
Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022-yil 24-iyun.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini va sanoq komissiyasini tasdiqlash.
- 2021-yil faoliyat yakunlari bo‘yicha Kompaniya Kuzatuv kengashi Raisining hisobotini eshitish.
- Kompaniyaning 2021-yil moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari va 2022-yilga Kompaniya Bisnes-rejasi parametrlari to‘g‘risida Bosh direktor hisobotini eshitish.
- Kompaniyaning 2021-yil moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi natijalari to‘g‘risida Taftish komissiyasi hisobotini eshitish.
- Kompaniyaning 2021-yil yakuni bo‘yicha buxgalteriya hisobotining milliy standartlarga asosan tuzilgan moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish natijalari haqida mustaqil auditor xulosasini ko‘rib chiqish.
- Kompaniyaning 2021-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga asosan tuzilgan moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish natijalari haqida mustaqil auditor hisobot-xulosasini ko‘rib chiqish.
- Kompaniyaning 2021-yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotni tasdiqlash.
- 2021-yil faoliyat yakuni bo‘yicha Kompaniyadagi korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
- 2021-yil uchun Kompaniya sof foydasini taqsimlash.
- Kompaniyaning firma nomiga o‘zgartirish kiritish.
- Kompaniya Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni va yangi tahrirda Kompaniya Ustavini tasdiqlash.
- Kompaniyaning ichki normativ hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ularni yangi tahrirda tasdiqlash.
- Kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash.
- Taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash.
- Kompaniyaning 2022-yil moliya-xo‘jalik faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.
- Kompaniyaning 2022-2027-yillardagi rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.
- Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan tuzilishi kutilayotgan bitimlarni ma’qullash masalasini ko‘rib chiqish.
- Kompaniyaning joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yirik bitimlarni tuzish masalasini ijroorgani tomonidan mustaqil ravishda bajarishi maqsadida aniqlash hamda ma’qullash.
- Kompaniya tomonidan kredit uyushmaliriga joylashtirilgan umidsiz pul mablag‘larini Kompaniya balansidan chiqarish.
- Xayriya (homiylik) yoki beg‘araz yordamning chegaraviy miqdorlarini belgilash.
Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan hisobotlar va ma’lumotlar bilan Kompaniyaning Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzilida joylashgan ma’muriy binosi hamda www.alskom.uz korporativ veb-saytida tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (378) 147-11-00.
«ALSKOM» SK AJ Kuzatuv Kengashi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter