Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Televizor ustasi muzlatgichdan pul o‘g‘irladi

Televizor ustasi muzlatgichdan pul o‘g‘irladi

Buxoroda televizor ustasi o‘z mijozi xonadonidagi muzlatgichdan pullarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirindi, deya Xabar.uz»ga ma’lum qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Ta’kidlanishicha, G‘ijduvon tumanidagi «A.Qahhor» mahallasida yashovchi 50 yoshli fuqaro B.L. uzoq yildan buyon televizor ustachiligi bilan shug‘ullanib kelgan. U avvaldan o‘ziga tanish bo‘lgan tumandagi «Chorsu» mahallasida yashovchi mijozi A.E.ning chaqiruvi bilan uning yashash xonadoniga televizor tuzatish uchun borgan. Usta mijozi xonadonida uning taklifi bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Usta dasturxon tuzash chog‘ida A.E.ning muzlatgichida bo‘lgan katta miqdordagi pullarga ko‘zi tushgan va uni o‘marish payida bo‘lgan. Oradan ko‘p o‘tmay, mijozining mast holatga kelganidan foydalangan B.L. muzlatgich ichida bo‘lgan 4.000.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringan.

Ushbu holat Buxoro viloyati IIB JXX JTSB PPXB 1-tumanlararo otryad xodimlari tomonidan aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring