Toshkentga uchgan samolyot bortida rossiyalik «tomosha ko‘rsatdi»
«Toshkent» xalqaro aeroportida HY-634 reysi bilan Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchib kelayotgan Rossiya fuqarosi K.V. qo‘lga olindi.
«Gazeta.uz»ning IIV Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, erkak mast holda jamoat tartibini buzgan: behayo so‘zlarni ishlatgan, qo‘shiqlar kuylagan va shu reysda uchayotgan qizni haqoratlagan.
Toshkent aeroportlari qo‘riqlash bo‘limi inspektorlari unga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan bayonnoma tuzdi.
19 sentyabr kuni Sergeli tuman sudi tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, unga nisbatan BHMning 3 baravari — 990 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter