Toshkentda ijarada turgan 16 yoshli qiz 3-qavatdan yiqildi
Toshkentda ijarada yashab kelgan 16 yoshli qiz o‘zini yuqori qavatdan tashlagani aytilmoqda. Bu haqda «Millar» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, qizning qayerda o‘qishi yoki nima ish qilishi noma’lum. U uzoq viloyatdan bo‘lib, Toshkentda ijarada qizlar bilan yashagan. Xonadonda chiqqan janjal sabab u o‘zini 3-qavatdan tashlagani aytilmoqda.
Qiz shifoxonaga olib kelinganida uning umumiy ahvoli og‘ir bo‘lgan. Tekshiruv davomida bemorda bosh miya chayqalishi, qorin yopiq jarohati va o‘ng boldir-tovon suyaklarining sinishi aniqlangan. Hozirda qiz sun’iy nafas apparatida qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter