Ko‘ylak ostidagi kobra: samolyotda o‘ta qaltis vaziyat yuzaga keldi
Janubiy Afrikada uch kilometr balandlikda uchib ketayotgan samolyot uchuvchisi kobra sabab favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.
30 yoshli Rudolf Erazmus bortida to‘rt nafar yo‘lovchi bilan shaxsiy samolyotda uchayotganida ko‘ylagi ostida nimadir qimirlayotganini sezdi. Erkak ko‘zining qiri bilan uning ilon ekanligini payqadi. Hotirjamlikni saqlab qolgan uchuvchi favqulodda qo‘nishni amalga oshirish kerakligini aytdi.
«Hamma bir zum qotib qoldi. Igna tushayotganini eshitish mumkin edi», — dedi uchuvchi.
Uchuvchi samolyotni eson-omon qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi, kobra odamni ham, boshqa odamlarni ham chaqmay, samolyotdan sudralib chiqib ketdi. Rudolf o‘zini qahramon deb hisoblamasligini aytgan va yo‘lovchilariga xotirjamlik va chidamlilik uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Bu, albatta, mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan holat emas», — deya qo‘shimcha qildi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter