Bosh prokuratura Oqtoshdagi hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochdi
Bo‘stonliq tumani, Oqtosh qishlog‘ida jami 56 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib tashlangani ma’lum qilingandi.
Holat yuzasidan xolis guvohlar ishtirokida belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Noma’lum shaxclarning g‘ayriqonuniy hatti-harrakatlari natijasida o‘simlik dunyosiga 288 mln 792 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter