Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev: «Hokimiyatga gap yo‘q!»

Rasul Kusherbayev: «Hokimiyatga gap yo‘q!»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘nlab qimmatbaho daraxtlar kesilish arafasida ekanini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Feruza dahasidagi 8 va boshqa uylar oralig‘idagi daraxtzordan iborat bolalar maydoni va aholi dam olish joyi aholi  noroziligiga qaramay, auksion savdolariga qo‘yilgan va «PREMIUM ENGINERING GROUP» MChJ tomonidan mehmonxona qurish maqsadida yutib olingan.

Aholi ko‘p yillik manzarali daraxtlar kesilishi va ko‘p qavatli uylari oralig‘i diqqinafas tor joyga aylantirilishidan norozi.

Mas’ullar tabiatni asrash yo‘lidan bormay, xalq fikrini inobatga olmagach, oxiri odamlar o‘zlari hududni himoya qilishga o‘tishgan. Ular «Yalang‘ach birinchi kommunal» uy joy mulkdorlari shirkati orqali yerni auksionga qo‘ygan tashkilotchilar va daraxt kesishga chog‘langan tadbirkorlik sub’yektini sudga bergan. 

«Ko‘ramiz daraxt kesishga moratoriy joriy qilingan bir vaqtda daraxtlar taqdiri nima bo‘larkin.

Nima bo‘lgandayam xalq fikrini bir tiyinga olmay, faqat «soqqa»ni o‘ylaydigan mas’ullarimiz bor bo‘lsin, yashanglar!!!

Hokimiyatga esa gap yo‘q!» – deb yozadi deputat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring