Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farosatsizlik oqibati: Jizzaxda nihollar betonlandi

Farosatsizlik oqibati: Jizzaxda nihollar betonlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlar atrofi betonlangani haqida foto tarqaldi.

Ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, holat Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Qayd etilishicha, Mirzacho‘l tumani Gagarin shaharchasi «Do‘stlik» MFY Xalqlar Do‘stligi ko‘chasining ikki tomoniga ekilgan 75 tup daraxtlar atrofi «Fayz-Baraka» MChJ tomonidan yo‘lak qurish ishlari davomida betonlab yuborilgan.

Daraxtlarning barchasi: 38 tup archa,  7 tup yasen,  1 tup tut,  1 tup akatsiya,  1 tup gilos,  4 tup qayrag‘och,  7 tup eldor qarag‘ayi,  12 tup aylant daraxtlarining tagidagi betonlar buzib olindi va ularning tagi yumshatilib,  parvarish qilindi.

MChJning ushbu ishga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan rasmiy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring