Denov tuman mas’ullari Prezident farmonini mensimaydimi?
Joriy yilning Denov tumanida ayovsiz daraxtlar kesilgani jamoatchilik nazariga tushib, muhokamalarga sabab bo‘lgandi va hanuzgacha davom etmoqda. Bu haqda Ekologuz kanalida xabar berilgan.
Denov tuman ma’sullari o‘zlariga xulosa chiqarmay, endilikda Denov tuman aholisini uxlatib, tungi vaqtda daraxtlarni ayovsiz kesishmoqda.
Videoda aks etgan holat Sharof Rashidov ko‘chasi, mo‘ljal Denov tuman IIB binosining yonida daraxtlar ayovsiz kesilayotganligi aytilmoqda. Undan tashqari, Sharof Rashidov ko‘chasi Norbo‘ta Nazarov nomli umumiy o‘rta ta’lim maktabining old tarafidagi yo‘l ustidagi bebaho daraxtlarni ham tungi vaqtda ayovsiz kesib tashlandi.
Surxondaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi har doimdagidek uyquda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter