Transport vaziri lavozimiga nomzod ma’qullandi
2021-yil 22-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini ko‘rib chiqdilar.
Xalq vakillari tomonidan Ilhom Mahkamov nomzodi ma’qullandi.
Eslatib o‘tamiz, hukumat qarori bilan 2020-yilning 30-oktyabrida Ilhom Mahkamovga O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri vazifasini bajarish yuklatilgandi.
Avvalroq esa, 2020 yil yanvar oyidan buyon Transport vaziri sifatida ishlab kelgan Elyor G‘aniyev o‘sha yilning avgust oyida lavozimidan ozod etilgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter