Zelenskiy askarlar bilan iftorlik qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 7 aprel kuni iftorlikda qatnashdi va bu an’anaviy tus olishini ma’lum qildi.
«Biz davlatimiz rasmiy hayotiga yangi an’anani qo‘shmoqdamiz. Yuz minglab Ukraina musulmonlari va dunyo musulmon jamoasi muqaddas Ramazon oyida ro‘za tutadilar. Quyosh botganida iftorlik qiladilar», dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu an’anaga Ukrainaning hamma joyida, hatto frontda, jangovar sharoitlarda ham hurmat bilan qaraladi.
«Qrim-tatar xalqi Ramazonni amal qiladi... Hurmat hamisha o‘zaro bo‘lishi kerak. Shu bois joriy yildan boshlab har yili Ukrainada davlat rahbari ishtirokida hurmat belgisi sifatida maxsus tadbir o‘tkaziladi. Bugun esa birinchisi - Qrim-tatar madaniyat markazida», dedi prezident.
Iftorlik boshlanishidan oldin Zelenskiy askarlarni – Ukraina mudofaa kuchlarida jang qilayotgan ukrainalik musulmonlarni taqdirlagan.
Prezident devonining aniqlik kiritishicha, iftorlik Kiyev viloyatidagi «Birlik» qrim-tatar madaniyat markazi hududida o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter