Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vagner» urib tushirilgan samolyotlar va halok bo‘lganlar uchun javob beradi – Duma a’zosi

«Vagner» urib tushirilgan samolyotlar va halok bo‘lganlar uchun javob beradi – Duma a’zosi

Rossiya davlat Dumasi Mudofaa qo‘mitasi a’zosi Andrey Gurulev «qayerga qochib ketishmasin», rossiyalik harbiylarning o‘limida aybdorlar jazolanishi kerakligini aytmoqda.

«Mas’uliyatni to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Bu borada qonunchilik normalari mavjud. Bizning harbiylarimiz halok bo‘ldi, ular aniq shaxslarning zarbalaridan halok bo‘ldi («Vagner» xususiy harbiy shirkati jangchilarini nazarda tutmoqda, -tahr.). Kim buyruq bergan va raketani kim uchirgan?..

Shunday ekan, kim qayerga qochib ketmasin, bundan qat’i nazar, Tergov qo‘mitasi bu masala bilan har tomonlama shug‘ullanadi va tegishli qarorni qabul qiladi, deb ishonaman», – deydi u.

Andrey Gurulevdan agar Tergov qo‘mitasi va Bosh prokuratura bu borada harakat qilmasa, Davlat Dumasi biror chora ko‘radimi, degan savolga u, avval natijalarni kutishini, so‘ng shunga qarab «o‘ylab ko‘rishini» aytgan.

Avvalroq Davlat Dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolov «vagnerchi»larga nisbatan hech qanday shikoyatlar yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yevgeniy Prigojin «Vagner»ning rus samolyotlarini urib tushirilgani haqida ma’lum qilgan edi. Ayrim manbalar urib tushirilgan harbiy texnikalar oltita vertolyot va bitta samolyot ekanini, ayrimlari esa ikkita vertolyot (ulardan birining ekipaji to‘liq halok bo‘lgan) va bitta samolyot bo‘lgani haqida yozmoqda.

«Vagner» harakatlari qurbonlarining umumiy soni ham 20 nafarga yaqinligi aytilyapti.

Hozircha Prigojin jamoatchilikka ko‘rinish berganicha yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring