Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Stoltenberg NATO rahbarining asosiy vazifasini aytdi

Stoltenberg NATO rahbarining asosiy vazifasini aytdi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘zidan keyin keladigan rahbarga alyans birligini saqlab qolish uchun hamma narsani qilishni maslahat berdi.

Bu haqda u Bryusseldagi brifingda ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.

«Shimoliy Atlantika alyansi rahbarining asosiy vazifasi bu oilani saqlab qolishdir. Bu har doim ham oson emas», dedi u.

Avvalroq Stoltenberg F-16 uchuvchilarini tayyorlash ushbu samolyotlarni Ukrainaga yetkazib berish imkoniyatini ochadigan shartlardan biri ekanligini aytib chiqqandi.  Bu haqda u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishida gapirgan. 

NATO Bosh kotibi G‘arb davlatlarining uchuvchilarni tayyorlashni boshlash g‘oyasini maqtagan. 

Eslatib o‘tamiz, Stoltenberg 2014 yildan buyon NATOga rahbarlik qiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring