Stoltenberg NATO rahbarining asosiy vazifasini aytdi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘zidan keyin keladigan rahbarga alyans birligini saqlab qolish uchun hamma narsani qilishni maslahat berdi.
Bu haqda u Bryusseldagi brifingda ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.
«Shimoliy Atlantika alyansi rahbarining asosiy vazifasi bu oilani saqlab qolishdir. Bu har doim ham oson emas», dedi u.
Avvalroq Stoltenberg F-16 uchuvchilarini tayyorlash ushbu samolyotlarni Ukrainaga yetkazib berish imkoniyatini ochadigan shartlardan biri ekanligini aytib chiqqandi. Bu haqda u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishida gapirgan.
NATO Bosh kotibi G‘arb davlatlarining uchuvchilarni tayyorlashni boshlash g‘oyasini maqtagan.
Eslatib o‘tamiz, Stoltenberg 2014 yildan buyon NATOga rahbarlik qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter