Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

Xotin-qizlar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan bayram tadbirida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida “Mikrokreditbank”da xotin-qizlar uchun imtiyozli kreditlar ajratish shartlari o‘zgartirildi.

Endi xotin-qizlar o‘z biznesini boshlash yoki kengaytirish uchun yanada qulay shartlarda moliyaviy ko‘mak olishlari mumkin.

  • “Hamroh” krediti stavkasi 3% ga pasaytirilib, 20,5% etib belgilandi. 
  • Ayollar rahbarligidagi korxonalar va kamida 3 ta xotin-qizni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik sub’yektlari uchun 300 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar 2% ga arzonlashtirildi. 
  • “Vodiy tadbirkor ayoli” krediti orqali 5 nafar xotin-qiz bandligini yaratgan tadbirkorlar foiz stavkasining 1% ga kamayishidan foydalanishlari mumkin. 
  • “Istiqbolli ayol” krediti ham 1 foizga tushirildi va 50 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar naqd shaklda yoki karta orqali ajratiladi.

Ushbu imtiyozli kreditlar, ayniqsa, tikuvchilik, hunarmandchilik, pazandachilik, dekorativ san’at kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan yoki bu yo‘nalishlarda ish boshlamoqchi bo‘lgan ayollar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

Xotin-qizlarning tadbirkorlik orqali mustaqil daromad topishi va jamiyatga foydali bo‘lishiga xizmat qiladigan bu tashabbus ularning orzularini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ladi.

“Mikrokreditbank” bu borada nafaqat moliyaviy, balki ma’naviy jihatdan ham ularga tayanch bo‘lishga harakat qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring