Mobiuz o‘z xodimlarining farzandlariga Dream Park’da bayram sovg‘a qildi (video)

Toshkentdagi Dream Park’ning iliq va samimiy muhitida bu yozning eng yorqin tadbirlaridan biri - Mobiuz xodimlari farzandlari uchun bayram o‘tkazildi.
Doimo insonlarga g‘amxo‘rlikni ustuvor vazifa deb biladigan kompaniya nafaqat ish jarayonlariga, balki o‘z jamoasining oilaviy farovonligiga ham alohida e’tibor qaratadi. Ushbu bayram Mobiuz shunchaki ish joyi emas, balki katta va ahil jamoaning bir qismi ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Yuzlab bolalarning tabassumlari, jarangdor kulgulari, quvnoq animatorlar, o‘yinlar, musobaqalar, shirin taomlar va yorqin fotozonalar — barchasi mehr bilan tashkil etildi. Ammo eng muhimi, samimiylik va minnatdorlik ruhi sezilib turgan bayram kayfiyati edi. Zero, har bir bola xodimlarimizning ko‘zgusi, ularning ilhom manbai va kuch-quvvatidir.
Bunday tashabbuslar kompaniya ichki madaniyatining ajralmas qismidir. Axir muvaffaqiyat nafaqat kasbiy yutuqlardan, balki atrofdagilarga g‘amxo‘rlik, qo‘llab-quvvatlash va e’tibordan ham tashkil topadi. Mobiuz esa bu madaniyatni qalb harorati bilan rivojlantirishda davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter