Sakkiz yashar qiz qo‘lida smartfon portlab ketishi oqibatida vafot etdi
Hindistonda sakkiz yashar Adityashri Kumar kechasi mamlakat janubidagi Tiruvilvamala qishlog‘idagi o‘z uyida Redmi 5 Pro smartfoni portlab ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Asiana News xabar bermoqda.
«Sud-tibbiyot ekspertizasi voqea sodir bo‘lgan paytda telefon quvvatlanmaganini ko‘rsatdi. O‘limga mobil qurilma ichidagi batareyaning haddan tashqari qizib ketganligi sababli portlashi sabab bo‘lgan.
Sakkiz yoshli qizaloqning otasi Ashok Kumarning aytishicha, fojia yuz bergan vaqtda uyda buvisi qizi bilan birga bo‘lgan. Mutaxassislarning fikricha, qizib ketish smartfon ko‘rpacha ichida bo‘lganligi sababli yuzaga kelgan.
Buvining politsiyaga aytishicha, voqea sodir bo‘lgan vaqtda bola yopinchiq ostida yotib, smartfon o‘ynagan. Oshxonaga bo‘lgan ayol portlash ovozini eshitib, to‘shakda yaralangan nabirasini ko‘zi tushgan.
«Portlagan mobil telefonning akkumulyatori bukilib ketgan. Telefonning qoldiqlari batafsil o‘rganish uchun yig‘ilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter