Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurbonlar soni 443 nafarga yetdi — Janubiy Afrika tarixidagi eng mudhish tabiiy ofatlardan biri yuz berdi

Qurbonlar soni 443 nafarga yetdi — Janubiy Afrika tarixidagi eng mudhish tabiiy ofatlardan biri yuz berdi

Janubiy Afrikaning Kvazulu-Natal viloyatida suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 443 nafarga yetdi. Bu haqda viloyat hukumati rahbari Sixle Zikalalaga asoslanib eNCA telekanali xabar berdi.

«Qurbonlar soni hozirda 443 nafar, 63 kishi bedarak yo‘qolgan», — dedi u brifingda.

Eng ko‘p qurbon (350 dan ortiq) ma’muriy markazi Durban shahri bo‘lgan Itekvini munitsipial okrugida qayd etilgan.

JARning Kvazulu-Natal viloyatida bir kunda bir necha oylik me’yordagi yomg‘ir yog‘ib, ulkan suv toshqinlarini keltirib chiqargan, favqulodda vaziyat e’lon qilingandi. Hodisa mamlakat tarixidagi eng mudhish tabiiy ofatlardan biri, deya baholandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring