Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada suv toshqinlari qurbonlari soni 155 nafarga yetdi

Ispaniyada suv toshqinlari qurbonlari soni 155 nafarga yetdi

Foto: Interfaks

Ispaniyaning Valensiya provinsiyasida suv toshqinlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 155 nafarga yetdi. Bu haqda 31-oktyabr kuni EFE agentligi xabar berdi.

Qutqaruvchilar suv va loyqa bosgan hududlarda qidiruv va tozalash ishlarini davom ettirmoqda.

Tabiiy ofatdan asosan Valensiya muxtoriyati jabr ko‘rdi, shuningdek, Kastiliya-La-Mancha va Andalusiyaga ham jiddiy talafot yetdi.

Fuqaro gvardiyasi kuchli yomg‘ir boshlanganidan buyon Valensiya provinsiyasida 3 400 kishini qutqargan. Taxminan 300 kishi suv bosgan hududda qolib ketgani, bir necha kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. Qolaversa, Albasete provinsiyasida besh kishi qidirilmoqda.

Payshanba kuni Kastelon va Tarragona tumanlari hamda Andalusiyaning ayrim joylarida kuchli yomg‘ir yog‘ishdan to‘xtamadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring