Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyadagi suv toshqini qurbonlari soni 200 nafardan oshdi

Ispaniyadagi suv toshqini qurbonlari soni 200 nafardan oshdi

Ispaniyada fojiali suv toshqini ko‘lami oshib bormoqda, rasmiylar 205 kishining o‘limini qayd etgan. Qutqaruv ishlari davom etar ekan, qurbonlar ro‘yxati ko‘payishi mumkin.

Ispaniya kuchli suv toshqini qurbonlari uchun motam tutmoqda: qirollikda 2-noyabrga qadar milliy motam e’lon qilingan. Shu bilan birga, mamlakat janubi-sharqidagi tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlardan qurbonlar soni bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar kelib tushmoqda. Hozirgacha eng ko‘p o‘lim Valensiya mintaqasida – 202 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.

Rasmiylarning eslatishicha, bedarak yo‘qolganlar bor va bu qurbonlar sonini orttirishi mumkin. Suv toshqinlari Ispaniya janubi-sharqidagi aholi punktlarida vayronagarchiliklar keltirib chiqargan.

Sinoptiklarning ta’kidlashicha, hozirgi suv toshqini Ispaniyada 1957-yildan beri eng halokatlisi bo‘ldi. Ular jabrlangan hududlarga yana yomg‘ir yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring