Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuraturadan Pugachyovani tekshirish so‘raldi

Prokuraturadan Pugachyovani tekshirish so‘raldi

Bosh prokuraturadan qo‘shiqchi Alla Pugachyovani Ukraina Qurolli Kuchlarini moliyalashtirganini tekshirish so‘ralgan.

Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha federal loyiha rahbari Vitaliy Borodin estrada xonandasi Alla Pugachyovani Ukraina Qurolli Kuchlari uchun mablag‘ ajratgani fakti bo‘yicha tekshirish iltimosi bilan Bosh prokuraturaga murojaat qildi, deb yozmoqda «TASS».

«Men sizdan Alla Borisovna Pugachyovani Ukraina Qurolli Kuchlariga moliyaviy yordam uchun tekshirishingizni so‘rayman», deyiladi hujjatda.

Borodin o‘z murojaatida o‘tgan yilning sentyabr oyida Isroilga ko‘chib o‘tgan ijrochi Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini tanqid qilganini, shuningdek, Rossiyani tark etgan san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlaganini eslatib o‘tdi. Bundan tashqari, qo‘shiqchini Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatganlikda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik taniqli xonanda Alla Pugachyova turmush o‘rtog‘i Maksim Galkinning xorijiy agent deb topilishi ortidan keskin bayonot bilan chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring