Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polsha prezidentining samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Polsha prezidentining samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Foto: «Censor.net»

Bugun, 25-mart kuni Polsha prezidenti Anjey Dudani olib Varshavadan uchgan samolyot bir muddatdan so‘ng ortiga qaytdi. Xabarlarga ko‘ra, texnik nosozlik ro‘y bergan.

Duda mamlakatning Ukraina bilan chegaraga yaqin huddudida joylashgan Jeshuv shahriga yo‘l olgan va bu yerda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashishi kerak edi.

Bayden esa Jeshuvga yetib kelgan: u chegaradagi vaziyatni o‘rganib, ukrainalik qochqinlar bilan uchrashmoqchi. Polsha prezidenti bu yerga kechroq, zaxira samolyotda yetib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring