Imron Xon hukumati iste’fo berishga majbur bo‘ldi
Pokiston bosh vaziri Imron Xon Pokistonda bir necha hafta davom etgan siyosiy tebranishlar sabab iste’fo berdi.
9-aprel kuni mamlakat Milliy assambleyasida o‘tkazilgan ishonchsizlik votumi ortidan bosh vazir shunday qilishga majbur bo‘lgan.
Ishonchsizlik votumi taklifini 342 deputatdan 174 nafari ma’qulladi, deydi palata spikeri vazifasini bajaruvchi Sardor Ayaz Sodiq. Shu tariqa Imron Xon ishonchsizlik votumini olgan Pokistonning birinchi bosh vaziriga aylangan.
4-aprel kuni Xon mamlakat parlamenti tarqatib yuborilganidan keyin o‘z lavozimidan chetlashtirilgandi. U bu lavozimda muvaqqat bosh vazir tayinlangunga qadar davom etishi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Imron Xon mamlakatda hukumatga nisbatan yuzaga kelgan ishonchsizlikda tashqi kuchlarni ayblab chiqqan. Ammo bosh vazir ayni qaysi davlat kuchlari ekani bo‘yicha izoh bermagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter