Imron Xon qo‘lga olindi
Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon sud binosida hibsga olindi, deya xabar beradi Geo.
Imronxon bosh vazirlik vaqtida mansab vakolatidan foydalanib davlatning qimmatbaho mulklarini sotganlikda ayblanmoqda.
2022 yil oktabr oyida Pokiston Saylov komissiyasi uni parlament mandatidan, shuningdek, besh yilga mamlakatning federal va mintaqaviy qonun chiqaruvchi organlariga saylanish va tayinlanish huquqidan mahrum qilgandi. Komissiya Xonga qarshi shunday qaror qabul qilib, uni Toshaxonda (Pokiston davlat g‘aznasi) saqlanayotgan 52 ta qimmatbaho buyumlarni sotishda va shaxsan o‘zi olgan sovg‘alar haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda aybdor deb topgandi.
Hozirgi bosh vazir Shahboz Sharif uni Dubayda 140 million Pokiston rupiysi (630 ming dollardan ortiq) qiymatidagi davlat xazinalarini sotganini aytgan edi.
Avvalroq Imron Xonni hibsga olishga kelgan politsiyachilar bir necha bor qattiq qarshilikka uchragandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter