Imron Xon xavotirli bayonot e’lon qildi

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xonning aytishicha, ayni damda politsiya uning uyini qurshab olgan.
Bu haqda u Tvitter sahifasida yozgan.
«Ehtimol, navbatdagi hibsdan oldingi tvitimdir. Politsiya uyimni o‘rab oldi», — deb yozgan Xon.
O‘zining videomurojaatida sobiq bosh vazir Pokiston «halokat yo‘lida» ekanini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Imron Xon shu yilning 9-may kuni hibsga olingan, sal o‘tmay Pokiston Oliy sudi qarori bilan qo‘yib yuborilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter