Oliy sud Imron Xonni zudlik bilan ozod qilishni talab qildi
Pokiston Oliy sudi sobiq bosh vazir, «Adolat harakati» partiyasi raisi Imron Xonning hibsga olinishini noqonuniy topdi, deya xabar bermoqda Geo-Tv.
Imron Xonning hibsga olinishi Oliy sud tomonidan noqonuniy deb topildi va rasmiylarga uni zudlik bilan ozod qilish buyurildi.
Bir necha kun oldin Xon korrupsiyada ayblanib hibsga olingandi. Sobiq bosh vazir sud zalida hibsga olindi, u yerda Al Kadeer Trust mablag‘larini o‘zlashtirish ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
2022-yil oktyabr oyida Pokiston Saylov komissiyasi uni parlament mandatidan, shuningdek, besh yilga mamlakatning federal va mintaqaviy qonun chiqaruvchi organlariga saylanish va tayinlanish huquqidan mahrum qilgandi. Komissiya Xonga qarshi shunday qaror qabul qilib, uni Toshaxonda (Pokiston davlat g‘aznasi) saqlanayotgan 52 ta qimmatbaho buyumlarni sotishda va shaxsan o‘zi olgan sovg‘alar haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda aybdor deb topgandi.
Siyosatchining hibsga olinishi Xon tarafdorlari va politsiya o‘rtasida tartibsizliklar va to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.
Oqibatda bir necha kishi qurbon bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter