Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ligon 68 yildan so‘ng qamoqdan chiqishga qaror qildi

Ligon 68 yildan so‘ng qamoqdan chiqishga qaror qildi

Foto: CNN

AQShda eng keksa va eng ko‘p turmada saqlangan jinoyatchi deb taxmin qilinayotgan Jou Ligon ozodlikka chiqdi. 68 yillik qamoqdan so‘ng uni qo‘yib yuborishdi. U hibsga olinganida atigi 15 yoshda bo‘lgan, deya xabar berdi CNN telekanali.

Ligon 1953-yilda qo‘lga tushgan: o‘spirin Filadelfiya ko‘chalarida talonchilik va qotillik bilan shug‘ullangan to‘dada qatnashgan. U ikkita qotillikda aybdor deb topildi. U bir marta pichoq bilan odamga hujum qilganiga iqror bo‘lgan, ammo qotillikni tan olmagan.

«1953-yilda ushbu jinoyatlarni sodir etgan bolakay endi yo‘q. 2021 yilda turmadan chiqqan odam 83 yoshda. U ulg‘aydi, o‘zgardi va endi hech kimga xavf solmaydi», — dedi Ligonning advokati.

Keksa amerikalikni 2016 va 2017-yillarda ozodlikka chiqarishmoqchi bo‘lishgan. Lekin unga taqdim etilgan erkinlik shartlaridan bosh tortgan: u hech qanday kuzatuvlarsiz ozod qilinishni xohladi va, oxir-oqibat, 2021-yilda bu niyatiga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring