Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Forbes» portlagan «Moskva» kreyserini $750 millionga baholadi

«Forbes» portlagan «Moskva» kreyserini $750 millionga baholadi

«Moskva» kreyseri portlashgacha.

Foto: «Wikipedia»

Bugun Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining Qora dengiz floti o‘z flagmanidan ayrildi — «Moskva» kreyseri portlatildi (Ukraini talqini), portlab ketdi (Rossiya talqini). Nima bo‘lganda ham — katta yo‘qotish (Rossiya uchun), kema — janglarga yaramaydi.

«Forbes» ana shu yo‘qotish, ta’mirlari bilan birga, Rossiyaga qanchaga tushganini hisoblab chiqdi — 750 million dollar atrofida. Aytilishicha, bu Rossiyaning Ukrainada jangovar harakatlarni boshlaganidan beri eng katta yo‘qotishi.

«Moskva» 2020 yilda ta’mirdan chiqarilgandi. Ta’mir puli qanchaligi noma’lum. Biroq avvalroq Qrimda chop etilgan gazetada 30 mlrd rubl yoki 363 mln dollar sarflangani yozilgan.

To‘ldirilgan xabar! Shatakka olingan «Moskva» kreyseri dengizdagi dovul sababli cho‘kib ketdi. Bu haqda TASS RF mudofaa vazirligiga asoslanib xabar tarqatdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring