Finlyandiya Rossiya chegarasida to‘siqlar o‘rnatmoqchi
Finlyandiya hukumati mamlakat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida Rossiya bilan chegarada to‘siqlar o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
TASS xabariga ko‘ra, chegara xizmati ushbu maqsadlar uchun qo‘shimcha mablag‘ oladi.
Ushbu to‘siqlarning qurilishi chegarachilar to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni talab qiladi. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng migrantlarni qabul qilish markazlashgan holda, maxsus ajratilgan chegara o‘tkazish punktlarida amalga oshiriladi.
Avvalroq Shvetsiya va Finlyandiya NATOga qo‘shilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolagandi. Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga rasman qo‘shilishi uchun mazkur shartnoma o‘z parlamentlari va alyansga kirgan 30 ta mamlakat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi talab etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter