Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Everest «yer yuzidagi eng baland chiqindilar poligoni» (foto)

Everest «yer yuzidagi eng baland chiqindilar poligoni» (foto)

Foto: jarreteleplastique/Instagram

Yer yuzidagi eng baland cho‘qqi Everestga chiqishni istaganlar soni yil sayin ko‘payib borayotgani tufayli «dunyodagi eng baland chiqindi poligoni» nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Bunday nom olishiga sabab, sayyohlar tog‘ cho‘qqisiga sayrga chiqishadi va o‘zlari bilan olib kelgan ovqat, suv va bosh narsalar qoldiqlarini shundoq qoldirib ketadilar.

Bir guruh ko‘ngillilar tog‘ balandliklarida yig‘ilgan axlatlarni san’at asarlariga aylantirish loyihasini ishlab chiqdilar, deb xabar beradi Rambler media-portali.

Foto: jarreteleplastique/Instagram

Mualliflarning fikriga ko‘ra, ularning g‘oyalari birinchi navbatda ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan. Chiqindilarni shu tarzda yig‘ish va yo‘q qilish odatdagi chiqindilarni to‘plab yoqib yuborishga qaraganda havo sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.  Bundan tashqari, loyiha mahalliy aholini ushbu jarayonga jalb qilishga qaratilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida ular uchun qo‘shimcha daromad manbaiga aylanadi.

Foto: jarreteleplastique/Instagram

Axlatni – poletilen paketlarni, yirtilgan chodirlarni va arqonlarni san’at asarlariga aylantirish Syangboche shahridagi Everest bazasi lageriga olib boradigan asosiy yo‘lda, 3780 metr balandlikda joylashgan Art Senterda amalga oshirish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring