Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng baland cho‘qqiga ko‘tarilishda sakkiz kishi halok bo‘ldi

Eng baland cho‘qqiga ko‘tarilishda sakkiz kishi halok bo‘ldi

Foto: Dzen

Yer sharining eng baland cho‘qqisi (Everest)ni zabt etish istagidagi sayyohlar juda ko‘payib ketdi. Ularning soni ko‘pligidan hatto odamlardan iborat «tiqinlar» hosil bo‘lishni boshlagan.

Ammo Everestga ko‘tarilish yo‘lida hayot bilan vidolashayotganlar soni ham oshmoqda. 2024-yil boshidan buyon sakkiz kishi halok bo‘ldi. Hindistonlik alpinist — eng so‘nggi qurbon.

«O‘tgan hafta tog‘da qutqarilgan 46 yoshli Banshi La’l Katmandu shifoxonasida vafot etdi», — deb yozdi Nepal turizm departamentiga asoslanib Independent nashri.

La’lning nimadan o‘lgani noma’lum, biroq uning ekspeditsiya agentligi unda o‘tkir tog‘ kasalligi alomatlari bo‘lganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring