Yerga o‘ta xavfli asteroid yaqinlashib kelmoqda
NASA tashkilotining Yerga yaqin ob’yektlarni o‘rganish markazi ma’lum qilishicha, diametri 960 metrgacha bo‘lgan potensial xavfli asteroid 6037 (1988 EG) 23 avgust kuni sayyoramizdan taxminan 6 million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi.
Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Osmon jismi bilan Yer orasidagi minimal masofa 0,04 astronomik birlik yoki deyarli 6,1 million kilometrni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Asteroidning diametri, olimlarning fikriga ko‘ra, 430 dan 960 metrgacha, ob’yektning tezligi esa sekundiga 14,25 kilometrni tashkil qiladi.
Iyun oyining o‘rtalarida ikkita yirik potensial xavfli asteroidlar - (488453) 1994 HD va 2020 DB5 Yerga yaqinlashayotgani xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, asteroidlarning o‘lchamlari 400 metrdan 800 metrgacha o‘lchamni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter