Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chingizxon, Bill Geyts va Rokfeller — Stalin ulardan boymidi?

Chingizxon, Bill Geyts va Rokfeller — Stalin ulardan boymidi?

2015 – yilda Time jurnali insoniyat tarixidagi eng badavlat insonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Chingizxon, Bill Geyts va Rokfeller bilan bir qatorda bu ro‘yxatda Stalin ham bor edi. Nahotki sobiq ittifoq tuzumi davlati boshlig‘i shu qadar badavlat bo‘lgan?

Davlat ta’minoti
Stalinning mol-mulkini butun mamlakat boyligidan alohida ko‘rib chiqishning imkoniyati yo‘q. Chunki unga butunlay davlat ta’minoti biriktirilgan edi. Ko‘p sonli dala hovlilar, uylar, kvartiralar, shuningdek vrachlar, oshpazlar, xizmatkorlar, muallimalar xizmat haqi davlat tomonidan to‘langan. Stalin yuqorida qayd etilganlarning barchasiga davlat g‘aznasidan qancha xarajat ketayotganini hatto bilmagan. Undan tashqari, Stalin o‘zi bilan hatto mayda pul ham olib yurmas edi.

Bir kuni Stalin Borjomidagi dala hovlisida, gruzin tanishlarini uchratib qoladi. Tanishlari suhbat davomida ozroq pulga muhtojliklari haqida gapirishadi. Stalin qo‘l ostidagilarga, shu qatorda qo‘riqchi xodimlarga ham bosh kiyimiga (shlyapasiga) pul yig‘ishni buyuradi. Hammasi bo‘lib 300 rubl yig‘iladi.

Stalinga har doim hamma narsa tayyorlab qo‘yilgan, u ko‘pincha nimani necha pul turishini bilmasdi. Qizi Svetlana Alliluyevaning so‘zlariga ko‘ra, otasi 100 rublni inqilob davrigacha bo‘lganidek katta pul deb hisoblagan. «Shuning uchun u menga 2-3 ming berganda, million beryapman deb hisoblardi», — tan oladi Svetlana.

Oylik ish haqqi va gonorarlar
Butunlay davlat tomonidan ta’minlanganiga qaramasdan, Iosif Vissarionovich oylik ish haqqini binoyidek o‘z vaqtida olgan. Boshida bu oylik mamlakatdagi o‘rtacha ish haqqidan uch barobar kam edi. Biroq Stalin boshqaruvining so‘ngiga kelib oylik ish haqqi 10 ming rublga yaqin summani tashkil qilgan. O‘sha vaqtda faqat ko‘zga ko‘ringan fan arboblari — akademik va professorlar shuncha maosh olardi.

O‘ramga o‘ralgan pulni Stalin o‘zining yozuv stolida saqlagan. Stalinda uni sarflaydigan joy yo‘q edi. Oylikdan tashqari Stalin yozuvchilik mehnati uchun muntazam gonorar olgan. Uning kitoblari, jumladan, chet ellarda ham chop etilgan.

Naqd pul va omonat hisob raqamlar
Stalin vafotidan so‘ng uning dala xovlisida rahbarning mol-mulki ro‘yxat qilingan. Ro‘yxatda kiyim-kechak, buyumlar va yozuv aslahalaridan tashqari 900 rubl jamg‘arilgan omonat kitobchasi bor edi. Shuningdek, yana bir bank hisob raqami haqida aniq ma’lumot bor. Stalin vafotidan keyin uning farzandlariga 30 ming rubl jamg‘armasi bor omonat kitobchasi topshirilgan.

Biroq qandaydir Kolesnik familiyali tarixchining ta’kidlashicha, bu Stalin boyligining yarmi ham emas. Stalin vafot etganda, uning shaxsiy seyfidan 3.5 million rubldan ortiq pul va shuningdek bu mablag‘ yozuvchilik mehnati uchun tahririyatlar tomonidan har xil vaqtda berilgan gonorar ekanini tasdiqlovchi kvitansiyalar topilgan.

Bekzod Musurmonov tarjimasi
Zarnews
(«Russkaya semerka»dan olindi.)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring