Bryus Uillisning rafiqasi aktyor va xotira yo‘qolishi kasalligi haqida kitob yozadi
2020-yilda amerikalik aktyor va prodyusser Bryus Uillis nutq, diqqat va xotira buzilishi bilan bog‘liq demensiya tufayli aktyorlik faoliyatini yakunlagan edi.
Shu paytdan boshlab aktyorning rafiqasi Emma Xeming boshqa qarindoshlari kabi unga g‘amxo‘rlik qiladi – ovqatlantiradi, sayrga olib chiqadi. Uillisning bolalari ham u bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radilar. Ba’zan ular birgalashib oilaviy suratlarni tomosha qiladilar, musiqa tinglashadi yoki cholg‘u asboblarini chalishadi.
So‘nggi oylarda aktyorning ahvoli juda yomonlashdi. U yaqinlarini tanimay qo‘ydi va hayotidagi muhim voqealarni unutdi. Ammo qarindoshlari mo‘’jizaga ishonishadi, umidlarini uzishmaydi. Shu bilan birga, ular Uillisning muammolari haqida ochiq gapirishadi va internet foydalanuvchilarini ushbu kasallik haqida xabardor qilishadi.
Uning turmush o‘rtog‘i Emma Xeming aktyorning tashxisi va uning kasalligini qabul qilishning barcha bosqichlarini qanday bosib o‘tganligi haqida kitob yozishni boshlagan. Xeming bu kitob yaqinlari shunday kasallikka chalinganlar uchun foydali bo‘lishiga umid qilmoqda, deb yozadi The Guardian. Ilgari hech kim demensiyaga qarshi kurash haqida tushunarli tilda yozmagan edi. Xeming bu muammoga e’tiborni qaratishga harakat qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter