Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bryus Uillisning oilasi uning hayotidan jiddiy xavfsiramoqda

Bryus Uillisning oilasi uning hayotidan jiddiy xavfsiramoqda

Aktyor Bryus Uillisning oilasi uning sog‘lig‘i yomonlashib borayotganidan xavotir bildirishmoqda.

Uning sog‘lig‘i rafiqasi va vasiysi Emma Xeming, ularning qizlari Meybel va Evelin, shuningdek, sobiq rafiqasi Demi Mur va uning qizlari Rumer, Skaut va Tallulani tashvishga solmoqda.

69 yoshli Bryus Uillisning yaqinlari u uchun barcha sa’y-harakatlarni qilmoqdalar.

«U kamdan-kam hollarda uydan chiqadi, chiqqanida esa hamma narsa puxta rejalashtiriladi. Unga tayyorgarlik ko‘rishi va mashinagacha borishida ham yordam kerak», – deydi oilaga yaqin odamlar. Uni jamoatchilikdan himoya qilish uchun har doim yonida yaqinlari yoki tansoqchilari bo‘ladi, deya qo‘shimcha qiladi ular.

Eslatib o‘tamiz, Bryus Uillis aktyorlik faoliyatini yakunlagan, chunki unga avvaliga afaziya, keyin esa demensiya xastaliklari tashxisi qo‘yilgan. U 2025-yilning mart oyida 70 yoshini nishonlaydi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring