Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Slovakiya: bosh vazir moliya vaziri bilan o‘rin almashdi

Slovakiya: bosh vazir moliya vaziri bilan o‘rin almashdi

Igor Matovich (chapda) va Eduard Xeger.

DW xabariga ko‘ra, 28-mart kuni Slovakiya bosh vaziri Igor Matovich iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

Igor Matovich moliya vaziri Eduard Xegerga hukumatdagi o‘rinlarini o‘zaro almashishni taklif etdi. Har ikki siyosatchi «Oddiy odamlar va mustaqil shaxslar» o‘ng markazchi partiyasi vakillari sanaladi.

Matovich ta’kidlashicha, ushbu rokirovka bosh vazirning (o‘zi) Rossiya ishlab chiqargan «Sputnik V» vaksinasini sotib olish qaroridan so‘ng yuzaga kelgan siyosiy inqirozga barham beradi.

Hukumat tepasidagi koalitsiya tarkibidagi boshqa partiya a’zolari Yevropa Ittifoqining nazorat organlari hali tasdiqlamagan ushbu vaksinaning xarid qilinishini keskin tanqid qilishgandi. Ular birinchi navbatda sog‘liqni saqlash vazirini, keyin Matovichning o‘zini ham iste’foga chiqarilishini talab qilishdi.

Slovakiyada oxirgi haftalarda kovid tarqalishi bo‘yicha vaziyat ancha yomonlashgan, deyiladi TASS xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring