Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Eronda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi 11–12-may kunlari amalga oshirilayotgan rasmiy tashrif doirasida Eron Islom Respublikasida bo‘lib turibdi.
Bugun, 11-may kuni Tehron shahridagi «Sa’dobod» majmuasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Eronning Birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref boshchiligidagi rasmiy delegatsiyalar uchrashuv o‘tkazdi.
Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter