Boliviyada davlat to‘ntarishiga urinish bo‘ldi
Boliviyaning amaldagi prezidenti Luis Arse harbiylarning hukumat qarorgohiga kelishini qoralab, ularni demokratiyani hurmat qilishga chaqirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, general Xuan Xose Suniga harbiy to‘ntarish uyushtirishga uringan.
26 iyun kuni tushdan keyin La-Pasdagi hukumat uyi oldidagi maydonni harbiylar egallab olgan. Boliviya prezidenti Luis Arcye ba’zi armiya bo‘linmalarining harakatini qoraladi va harbiylarni «demokratiyaga hurmat ko‘rsatishga» chaqirdi.
Keyinchalik vaziyat nazoratga olinib, mamlakat armiyasining sobiq bosh qo‘mondoni, harbiy to‘ntarish amalga oshirishga uringan general Suniga hibsga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter