Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda gumonlanayotgan guruh qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda gumonlanayotgan guruh qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish hamda hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish rejalarini ishlab chiqqanligi aytilayotgan guruh qo‘lga olindi.

Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bkrgan xabarga ko‘ra, guruh a’zolari rejalashtirgan tartibsizliklarda odamlar o‘limi bilan bog‘liq holatlar ham inobatga olingan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 5 nafar fuqaro qo‘lga olingan.

Ushbu guruh a’zolarining kriminal dunyoning, shuningdek, diniy aqidaparastlik mafkurasini targ‘ib qilib kelishi aniqlandi.

Hibsga olinganlarning yashash joyi va foydalanayotgan avtotransport vositalarini tintuv qilish chog‘ida qo‘lbola portlovchi qurilmalar uchun butlovchi qismlar, o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, ratsion, zirhlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kiyim-kechaklari, dronlar, ekstremistik adabiyotlar, shuningdek, taqiqlangan boshqa ashyolar topildi.

Hozirda qo‘shimcha tergov-tezkor tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring