Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda partiya rahbari va sobiq vazir 27 yilga qamaldi

Tojikistonda partiya rahbari va sobiq vazir 27 yilga qamaldi

Kollaj: Asia-Plus

Tojikiston Oliy sudi bir qator sobiq siyosatchilar, amaldorlar va jurnalistlarni davlat to‘ntarishiga urinishda aybdor deb topib, 18 yildan 27 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. ASIA-Plus agentligi bu haqda o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Xabarga ko‘ra:

  • Tojikiston sobiq tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy — 27 yil;
  • parlament sobiq deputati hamda Tojikiston Demokratik partiyasi raisi Saidja’far Usmonzoda — 27 yil;
  • Demokratik partiya raisining sobiq o‘rinbosari, jurnalist Ahmadshoh Komilzoda — 18 yil;
  • Tojikiston sotsial-demokratik partiyasi raisining o‘rinbosari, yurist Shokirjon Hakimov — 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
  • Krome togo, sud prigovoril tadjikskuyu jurnalistku i plemyannitsu Shokirdjona Xakimova Ruxshonu Xakimovu – k 8 godam lisheniya svobodi.

    Vlasti obvinili yeyo v «gosudarstvennoy izmene» (statya 305 UK RT). Do vineseniya prigovora ona ostavalas na svobode iz-za nalichiya dvux maloletnix detey.

    Posle oglasheniya prigovora ona bila arestovana pryamo v zale suda.

    Podrobneye: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/laworder/20250205/verhovnii-sud-tadzhikistana-obyavil-prigovor-obvinyaemim-po-delu-o-gosperevorote

  • Bundan tashqari, sud Shokirjon Hakimovning jiyani, jurnalist Ruxshona Hakimovani 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan.

Ruxshona Hakimova «davlatga xoinlik»da ayblangan. Ikki nafar yosh bolasi borligi uchun u hukm chiqishiga qadar ozodlikda edi. Hukm e’lon qilinganidan so‘ng, Ruxshona Hakimova sud zalining o‘zida hibsga olingan.

Shuningdek, sud Zarifiy va Usmonzodaning mulklarini musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqargan.

Oliy sud ishni yopiq tartibda ko‘rib chiqqan va rasman bayonot bermagan.

Ayrim manbalarga ko‘ra, ushbu ish doirasida Tojikiston Oliy Kengashining sobiq raisi va 1991-1992-yillarda Tojikiston prezidenti vazifasini bajargan Akbarshoh Iskandarov — 18 yil, iste’fodagi polkovnik Nuramin G‘anizoda — 18 yil, TIV boshqarmasi sobiq boshlig‘i Abdulfayz Atoiy — 17 yilga qamalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring