Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston: zilzila oqibatida bir bola halok bo‘ldi, yuzga yaqin uy vayron bo‘lgan

Tojikiston: zilzila oqibatida bir bola halok bo‘ldi, yuzga yaqin uy vayron bo‘lgan

Tojikistonda bugun, 14 aprelga o‘tar kechasi ham 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, yer silkinishlari Rasht shahridan 23 km uzoqlikda qayd etilgan. Zilzila epitsentri 5 kilometr chuqurlikda joylashgan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’dumot berilmadi.

Bir kun avval, 13 aprel kuni Tojikistonda uch marta zilzila qayd etilgan edi. Ularning epitsentrlari viloyat markazi Rasht shahri yaqinida, mamlakat poytaxti Dushanbedan 180 km sharqda joylashgan.

AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, kunning birinchi zilzilasi mahalliy vaqt bilan 09:24 da sodir bo‘lgan. Uning magnitudasi 5,8 ni tashkil etdi. Bu qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekiston hududiga ta’sir qilgani, Toshkent shahrida 2 balllik yer osti nuqtalari sezilgani qayd etildi.

Kunning ikkinchi zilzilasi mahalliy vaqt bilan 12:14 da sodir bo‘ldi. Zilzila magnitudasi 4,2 ni tashkil etgan. Epitsentr Rasht shahridan 40 km sharqda joylashgan.

Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasining inqirozni boshqarish markazi 13 aprel kungi yer silkinishi oqibatida uch yoshli bola halok bo‘lganini xabar qildi.

Shuningdek, bugungi holatga ko‘ra, zilzila sezilgan hududlarda jami 94 ta uy vayron bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring