AQShda qotil mergan o‘lik holda topildi
AQShning Meyn shtatidagi Lyuiston shahrida 18 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan otishmada gumon qilingan AQSh armiyasining zahiradagi askari 40 yoshli Robert Kard ikki kunlik qidiruvlardan so‘ng o‘lik holda topildi, deb xabar bermoqda CNN.
CNN manbalariga ko‘ra, Kardning jasadi Menning Lisbon shahri yaqinidagi o‘rmonda, Lyuistondagi otishma sodir bo‘lgan joydan taxminan 8 milya (taxminan 12,8 km) uzoqlikda topilgan. Telekanalning huquq-tartibot idoralaridagi manbasining qayd etishicha, bu joy Kard yaqinda ishdan bo‘shatilgan chiqindilarni qayta ishlash zavodi yaqinida joylashgan. U o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.
26 oktyabrga o‘tar kechasi Lyuistonda, jumladan, bar va bouling zalida bir nechta otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida 18 kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab kishilar yaralandi. Dastlab kamida 22 kishi halok bo‘lgani, 60 nafar odam jarohatlangani aytilgandi.
Kard o‘qotar qurollar bo‘yicha o‘qituvchi bo‘lgan. Sobiq askar «ruhiy muammolari» haqida shikoyat qilgan va «ovozlarni eshitayotganini» aytganidan keyin ikki hafta ruhiy salomatlik klinikasida davolangan.
Gumonlanuvchini qidirishga yuzlab politsiya xodimlari jalb qilingan. Politsiya aholini gumonlanuvchi qurolli va xavfli deb hisoblanishi kerakligi haqida ogohlantirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter