Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh kongressmeni Gitlerning haqligini tan olib baloga qoldi

AQSh kongressmeni Gitlerning haqligini tan olib baloga qoldi

Foto: «AP Photo / J. Scott Applewhite»

Illinoys shtatidan kongress a’zosi Meri Miller 5 yanvar kuni Kapitoliy oldidagi mitingda Adolf Gitlerning haqligini e’lon qilgach jamoatchilikning keskin tanqidiga duch keldi. Bu haqda WCIA telekanali xabar berdi.

Shunday qilib, «Onalar Amerika uchun» mitingi paytida ayol bolalarning qalbi va ongi uchun kurashish zarurligini aytdi.

«Bir qancha saylovlarda g‘alaba qozonsak ham, baribir mag‘lub bo‘lamiz. Bu toki bolalar qalbi va ongini zabt etmagunimizcha davom etaveradi. Buni kurash deydilar. Gitler bir narsada haq edi. Jumladan, u shunday degandi: «Kimda yoshlar bo‘lsa, o‘shaning kelajagi bor».

Nutq videosi «Twitter»ga joylangan.

Shtat gubernatori Jey Robert Pritsker ayolning bayonotini qoralab, so‘zlarini jirkanch deb atadi. Uning ta’kidlashicha, siyosatda bunday ritorikaga o‘rin yo‘q.

Bundan tashqari, Illinoys shtatidan respublikachilar partiyasi raisi Tim Shnayder ham Millerning so‘zlarini «noto‘g‘ri va jirkanch» deb atab, uni kechirim so‘rashga chaqirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring