Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznes-ombudsman tadbirkorlikning rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omilga to‘xtaldi

Biznes-ombudsman tadbirkorlikning rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omilga to‘xtaldi

Foto: Biznes-ombudsman

Joriy yilning 18–22-noyabr kunlari Polshaning Katovitse shahrida Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsmanlarning III xalqaro forumi hamda Yevropa kichik va o‘rta korxonalar kongressi bo‘lib o‘tdi.

Forumda dunyoning 8 davlatidan, jumladan, Avstraliya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Ukraina va AQShning biznes-ombudsmanlari ishtirok etishdi.

Forumning yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimov onlayn ishtirok etdi. U tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida amaliy tajriba almashish yuzasidan ma’ruzasi bilan qatnashib, tadbirkorlar himoyasiga doir takliflarini ilgari surdi.

«Hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, biznes muhitni umumiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, tadbirkorlar o‘rtasida yuzaga keladigan muammolarni kelishuv yo‘li bilan yechish mexanizmlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishimizni taklif etaman», — dedi O‘zbekiston biznes-ombudsmani.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda biznes-ombudsman instituti 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularning muammolarini sudgacha hal etish maqsad qilingan.

2019–2022-yillar davomida business.gov.uz portali orqali tadbirkorlardan qariyb 190 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyulda qabul qilingan «Tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.

Farmonga muvofiq, business.gov.uz tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish platformasi «Tadbirkor virtual ofisi» axborot portaliga aylantirildi.

Endilikda tadbirkor o‘z murojaatini mustaqil ravishda business.gov.uz — «Tadbirkor virtual ofisi» axborot portaliga yozishi yoki «1100» ishonch telefon orqali og‘zaki yetkazishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring