Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Kongressi Ukrainaga yordamisiz moliyalashtirish loyihasini ma’qulladi

AQSh Kongressi Ukrainaga yordamisiz moliyalashtirish loyihasini ma’qulladi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi Respublikachilar partiyasi tomonidan taqdim etilgan hukumatni 45 kunlik muddatga moliyalashtirish haqidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Yig‘ilishdan oldin demokratik ko‘pchilik va respublikachi kamchilik yetakchilari Chak Shumer va Mitch Makkonnell Ukrainaga qo‘shimcha moliya resursi ajratishni talab qildi.

Ovoz berish natijasi yuzasidan tarqatilgan hisobotda loyihada «qator kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor vazifalar hal etilmay qolgan»i qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qonun loyihasida Ukrainaga yordam ko‘rsatish nazarda tutilmagan. Endi ushbu qonun loyihasi Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring