Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyosh hali bunchalik yaqindan tasvirga olinmagan (video)

Quyosh hali bunchalik yaqindan tasvirga olinmagan (video)

Foto: Skrinshot

Yevropa kosmik agentligi (ESA) Quyoshning 4K-videosini e’lon qildi. Tasvirni Solar Orbiter zondi olgan.

Zond 2022-yilning 26-mart kuni Quyoshga eng yaqin (0,32 a.b.) masofaga bordi.

Video olingan payti Merkuriy orbitasi ichkarisida bo‘lgan zondning issiqlik ekrani 500°C gacha qizib ketgan.

Tasvirga olishda ekstremal sharoitga moslangan, Quyoshni  17 nm to‘lqin uzunligida (Quyosh tojida million darajagacha issiqlikda gazdan taraladigan to‘lqin uzunligiga teng) ko‘rsatuvchi ultrabinafsha teplovizordan foydalanildi. 

Solar Orbiter — ESA va NASA hamkorligida ishlab chiqilgan, Quyoshni o‘rganish uchun 2020-yil fevralida uchirilgan avtomat kosmik apparat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring